U nimani davolaydi?

Fanigan® Fast gel ishlatiladi:

\t\t\t\t\t\t\t\t \t\t\t\t\t\t\t\t

Mushak og‘rig‘ida

Mushaklar og‘rig‘ida

Mushaklardagi og‘riqlar – bular ko‘pincha skelet-mushaklardagi og‘riqlar – jismoniy zo‘riqish bilan bog‘liq holatlar va ushbu zo‘riqish tufayli tayanch-harakat apparati yumshoq to‘qimalari elementlarining shikastlanishi hamda yallig‘lanishi. Ular aniq joylashganligi va harakat bilan bog‘liqligi bilan ajralib turadi.

Mushaklarning zo‘riqishi tufayli paydo bo‘ladigan spazmlar ham og‘riqni keltirib chiqaradi. Ularning sabablari:

  • Ofis xizmatchilari, o‘qituvchilar va jarrohlar uchun xos bo‘lgan bel va oyoqlarning yuqori qismidagi og‘riqlarga olib keluvchi noqulay ish holati;
  • Gavdani noto‘g‘ri tutish;
  • Sport jarohatlari;
  • Nosimmetrik yuk, masalan, og‘ir yukni bir yelkada ko‘tarish;
  • O‘ta sovib ketish tufayli reflektorli spazmlar.

Ushbu sabablar tufayli paydo bo‘lgan mushak og‘riqlarining asosiy davosi fizioterapiya va yallig‘lanishga qarshi preparatlardir.

 

\t\t\t\t\t\t\t\t \t\t\t\t\t\t\t\t

Bo‘g‘im og‘rig‘ida

Jismoniy zo‘riqishlar tufayli yuzaga kelgan bo‘g‘im og‘riqlarida

Alomatlari:

  • Ertalab harakatlanishda qiynalish;
  • Terining qizarishi;
  • Kerkish;
  • Haroratning oshishi;
  • Shish.


Og‘riq bo‘g‘imlarga yaqin a’zolar va suyaklarga tarqaladi. Tunda oyoqlar burab og‘riydi, bilaklar va barmoqlar ham og‘riydi.

Bunday og‘riq rivojlanishiga quyidagilar sabab bo‘lishi mumkin:

  • Stresslar;
  • Moddalar almashinuvining buzilishi;
  • Ortiqcha vazn.

Bo‘g‘im og‘riqlarini davolashda fizioterapiyaga dori vositalari bilan davolash qo‘shiladi.

\t\t\t\t\t\t\t\t \t\t\t\t\t\t\t\t

Bo‘g‘imlar yallig‘lanishida

Yallig‘lanish turlari:

  • Revmatoid;
  • Revmatik;
  • infeksion, masalan, tuberkulyoz va virusli;
  • Psoriatik;
  • Almashinuv, masalan, - podagra;
  • Travmatik;
  • Biriktiruvchi to‘qimani zararlovchi tizimli qizil volchanka;Umurtqa pog‘onasi bo‘g‘imlariga ta’sir qiluvchi bexterev kasalligi;
  • Reyter kasalligi, reaktiv artrit;

Davolash uchun og‘riq sababini bartaraf etish va yallig‘lanishni yo‘qotishga qaratilgan kompleks davo buyuriladi.

\t\t\t\t\t\t\t\t \t\t\t\t\t\t\t\t

Jarohatlarda

Tayanch-harakat apparati jarohatlanganda

Asosiy alomatlari – zarb yetkazilgan joyga tegishdan kelib chiqadigan og‘riq, shish va gematomalar.

Mexanik jarohatlarning turlari:

  • Yiqilganda yoki to‘mtoq narsa urilganda olingan zarbalar;
  • Bosim yoki zarba natijasida yorilgan tomirlardan kelib chiqqan teri osti gematomalari;
  • Terining yengil jarohatlaridan kelib chiqqan chaqalar;
  • Qon ketishi va kuchli og‘riq bilan kechadigan jarohatlar;
  • Birikish joyidagi suyaklarning siljishi hamda bo‘g‘imning shishishi va harakatsizligiga olib keluvchi suyak chiqishlari;
  • Kuchli og‘riq va shish paydo bo‘ladigan, shuningdek, harorat ko‘tariladigan suyak sinishlari.

Jarohatlarning barcha turlarida davolash zararlangan joyni sovitish, harakat faoliyatini cheklash, shuningdek, og‘riqsizlantiruvchi, yallig‘lanishga qarshi terapiyani o‘z ichiga oladi.

\t\t\t\t\t\t\t\t \t\t\t\t\t\t\t\t

Zarblarda

Qattiq yuzaga kuchli zarbda yumshoq to‘qimalar shikastlanadi.

Urilish paytida og‘riq paydo bo‘ladi, to‘qimalar siqiladi, qon yig‘iladi va gematoma hosil bo‘ladi. Zarb yegan joyda shish paydo bo‘ladi. Urilgan joyni ushlaganda, odam kuchli og‘riq sezadi.

Shikastlanish darajasi zarbning kuchiga, to‘qimalarning elastikligiga, qon bilan ta’minlanish xususiyatlariga va yoshga bog‘liq bo‘ladi.

Umumiy tavsiyalar:

  • Tana jarohatlangan qismini tinch holatda tutish;
  • Dastlabki kunlarda davomiyligi 3 soatgacha orada yarim soatlik tanaffus bilan bo‘lgan sovitish;
  • Gematomalarni so‘rib oluvchi vositalarni qo‘llash.
\t\t\t\t\t\t\t\t \t\t\t\t\t\t\t\t

Et uzilishida

Bu yopiq turdagi mexanik jarohatlar bo‘lib, ularda biriktiruvchi to‘qimalar va mushaklarning yaxlitligi buziladi. Bunday shikastlanishga harakat amplitudasining bog‘lamlar imkoniyatidan ortib ketishi sabab bo‘ladi. Et uzilishidan ko‘pincha yelka, tizza, qo‘l, boldir va oyoq bo‘g‘imlari aziyat chekadi.

  • Yengil holatda og‘riq tez o‘tib ketadi.
  • O‘rtacha holatda – shish paydo bo‘ladi, lekin qo‘l-oyoq qisman ishlaydi.
  • Og‘ir darajada – mushak tolalarining uzilishi tufayli faoliyat buziladi. Qon tomirlari zararlanib, gematoma rivojlanadi. Odamning oyoqda turishi yoki qo‘lini ko‘tarishi qiyin bo‘ladi. Bosimda keskin og‘riq kuchayadi. Ba’zan jabrlanuvchi mustaqil harakatlana olmaydi.

Et uzilishini davolashning boshida sovuq ta’siri, harakat faolligini cheklash qo‘llaniladi.

\t\t\t\t\t\t\t\t \t\t\t\t\t\t\t\t

Miozit

Mushak to‘qimalarining yallig‘lanishi bo‘lib, oyoq-qo‘llarda va tanada og‘riqni keltirib chiqaradi, harakatlanganda bu og‘riq kuchayadi. Miozit eng ko‘p belni zararlaydi. Mushakni paypaslab ko‘rsangiz, tugunlarni topish mumkin. Bu zichliklar og‘riq o‘choqlaridir.

Yallig‘langan to‘qimalarda zaiflik paydo bo‘ladi, alomatlar uzoq davom etsa, atrofiya yuzaga kelishi mumkin.

Kasallik sabablari:

  • Noto‘g‘ri mashg‘ulotlar tufayli jarohatlar;
  • Kasb xususiyati tufayli mushaklarning zo‘riqishi;
  • Yuqumli kasalliklardan yoki shamollashdan keyingi asoratlar;
  • Parazitar kasalliklar.

Og‘riq sindromini bartaraf etish uchun analgetiklar va yallig‘lanishga qarshi preparatlar qo‘llaniladi.

\t\t\t\t\t\t\t\t \t\t\t\t\t\t\t\t

Artrit

Yallig‘lanish kasalliklariga kiradi. Bu tushuncha osteoartrozga nisbatan umumiyroq bo‘lib, bo‘g‘imlarning nafaqat yallig‘lanish, balki degenerativ zararlanishini ham o‘z ichiga oladi.  Artritdagi og‘riq vaqt o‘tishi bilan ortib boradi, yurganda, egilganda va yozilganda paydo bo‘ladi, bir yoki bir nechta bo‘g‘imlarda bo‘ladi.

Alomatlari:

  • Ertalab va kechki payt harakatlardagi qiyinchiliklar;
  • Zararlangan bo‘g‘im ustidagi terining qizarishi;
  • Shish;
  • Harakat faoliyatining buzilishi;
  • Bo‘g‘im deformatsiyalari.

Ushbu kasallikda kompleks davolash, shu jumladan, yallig‘lanishga qarshi dori-darmonlar buyuriladi. Davolash qanchalik erta boshlansa, remissiyalarda tavsiya qilinadigan maxsus djt mashqlari bilan jarayonni sekinlashtirish ehtimoli shunchalik ko‘p.

\t\t\t\t\t\t\t\t

Bursit

Bu bursa – suyuqlik bilan to‘ldirilgan xaltachaning yallig‘lanishi. U bo‘g‘imlar sohasida suyak, mushak va paylar orasida joylashgan bo‘lib, harakatlanishda ishqalanishni kamaytirish uchun xizmat qiladi. Bursit turli bo‘g‘imlarda: tirsaklarda, yelkalarda, sonlarda, tizzalarda, tovonlarda paydo bo‘ladi.

Bursitning eng ko‘p uchraydigan sabablari:

  • Bir sohaga takrorlanadigan ta’sir;Ortiqcha yuklamalar;
  • Gavdani noto‘g‘ri tutish;
  • Oldidan tanani qizdirib olmasdan mashg‘ulot qilish;
  • To‘satdan kelgan kuchli jarohatlar;
  • Infeksiyalar;
  • Yosh.


Bursitni davolashda yallig‘lanish va og‘riqni bartaraf qiluvchi preparatlar, fizioterapiya, shina qo‘yish tavsiya etiladi.

\t\t\t\t\t\t\t\t

Tendinit

#bu paylarning yallig‘lanishi bo‘lib, ko‘pincha uning degeneratsiyasi tufayli rivojlanadi.

Kasallik sabablari:

  • Bo‘g‘imlar degeneratsiyasi;
  • Mexanik shikastlanishlar;
  • Viruslar;
  • Revmatik xarakterdagi kasalliklar;
  • Modda almashinuvining buzilishi.

Zararlangan paylarning harakatlari og‘riqli bo‘ladi, shuningdek:

  • Barmoqlar falangalari va falangalar bo‘g‘imlarida og‘riq;
  • Keskin og‘riq tufayli bo‘g‘imlarda harakat amplitudasining cheklanishi;
  • Teri ostida joylashgan elastik konsistensiyali tugunchalar;
  • Terining qizarishi.

Tendinitning asosiy davosi yallig‘lanishga qarshi preparatlar, fizioterapiya, shuningdek, jarohatdan keyin darhol sovuq ta’sirni o‘z ichiga oladi.

Where buy Qayerdan sotib olsa boladi