Fanigan® fast gel haqida

Mushaklarda, bo‘g‘imlarida og‘riq sezayotganlar og‘riqning yengillashishini, og‘riqdan qutulishini istaydi. Buning uchun tabiiy dorilar – o‘simlik preparatlari mavjud. Ammo tabiiy komponentlarning ta’siri yallig‘lanishni bartaraf etish va iztirobdan qutulish uchun yetarli bo‘lmaydi. Ushbu holatda og‘riqsizlantiruvchi va yallig‘lanishga qarshi ta’sir kuchi aniqroq namoyon bo‘ladigan sintetik molekulalarning yordami zarur.

Fanigan® fast gel – mushak va bo‘g‘imlardagi og‘riqqa yordam

Preparatda tabiiy o‘simlik moddalari va bir-birining ta’sirini kuchaytiruvchi kuchli nosteroid yallig‘lanishga qarshi komponentlar uyg‘unlashgan. 2 ular og‘riqsizlantiradi va yallig‘lanishni bartaraf etadi, ammo kimyoviy molekulalarning afzalligi — ularning ta’siri ancha kuchliroq.

FARMAKOLOGIK MODDALARNING KUCHIMI?
Revmatizmga qarshi kuchli ta’sir¹
Og‘riqsizlantiruvchi ta’siri¹
Yallig‘lanishga qarshi ta’sir¹
Haroratni pasaytiruvchi ta’siri¹
About Product
TABIIY MODDALARNING YUMSHOQLIGIMI?
Antioksidant xususiyatlari¹
Yallig‘lanishga qarshi samara¹
O‘rtacha darajadagi og‘riqsizlantiruvchi ta’sir¹
Nature

Tabiiy tarkibiy qismlar

ZIG‘IR MOYI tarkibida a-linolen kislota bo‘lib, u antioksidant hisoblanadi. Yallig‘lanishga qarshi o‘rtacha samara beradi va surtilgan joyda qon aylanishini yaxshilash imkonini beradi.¹

MENTOL – salqinlik hissini beradi. O‘rtacha og‘riqsizlantiradi va chalg‘ituvchi ta’sir ko‘rsatadi.¹

Pharmacology

Farmakologik tarkibiy qismlar

DIKLOFENAK – yallig‘lanishga qarshi nosteroid vosita bo‘lib, yaqqol og‘riqsizlantiruvchi va haroratni tushiruvchi ta’sirga ega. Diklofenak mahalliy qo‘llanilganda platseboga nisbatan o‘tkir va surunkali holatlarda og‘riq va yallig‘lanishni sezilarli darajada kamaytiradi hamda ta’sir kuchi bo‘yicha oral yaqndv (diklofenak, ibuprofen, naproksen) ga o‘xshaydi.¹❜⁵ Yallig‘lanish va shishni kamaytiradi, bog‘lamlar, mushaklar, paylar va bo‘g‘imlarning tiklanish davrini qisqartirishga yordam beradi.¹

METILSALITSILAT – salitsil kislotasining hosilasi bo‘lib, yallig‘lanishga qarshi nosteroid vositalar guruhiga kiradi. Metilsalitsilat og‘riq sezgirligini boshqaruvchi biologik faol moddalarning ko‘p miqdorda hosil bo‘lishi va qonga tashlanishiga olib keladi, bu esa og‘riq sezgilarining kamayishiga sabab bo‘ladi. Bundan tashqari, metilsalitsilat yallig‘langan to‘qimalarning shishi va infiltratsiyasini kamaytiradi.¹

 

Pharmacology
Fanigan® fast gelda tabiiy va sintetik moddalar uyg‘unlashuvining afzalliklari
  • Qo‘llashning osonligi³
  • Bevosita qo‘llash joyida faol komponentlarning yuqori konsentratsiyasi⁴
  • O‘tkir va surunkali yallig‘lanish kasalliklari bo‘lgan bemorlarga yordam
  • Fanigan® fast gelining afzalligi – ta’sirning tezkorligi. Preparat teriga surtilgandan keyin bir necha daqiqadan keyinoq “ishlaydi”. 20-30 daqiqadan so‘ng – maksimal ta’sir qiladi. Asosiy klinik alomatlar birinchi kunlarda ketadi.¹
  • Dori miqdorini oshirib yuborish ehtimoli kam – gel farmakologik moddalari dozasining atigi 5% qonga so‘riladi.¹ teriga surtilgandan so‘ng qon zardobidagi maksimal konsentratsiya, diklofenakni og‘iz orqali qabul qilgandagi qon zardobidagi konsentratsiyaning 0,4-2,2 foizini tashkil etadi.⁴

Fanigan® fast gel – bu terapevtik ta’sir mexanizmi va yo‘nalishi bo‘yicha turli xil bo‘lgan komponentlarning hamohanglikdagi birikishi. Uni dori qutingizga qo‘shsangiz, mushak va bo‘g‘imlardagi og‘riqqa qarshi samarali vosita qo‘lga kiritasiz. Ushbu vositada ta’sir kuchi va tarkibidagi tabiiy unsurlar nisbati eng maqbul darajada muvozanatlashtirilgan.

Fanigan® fast gel – mushak va bo‘g‘imlar og‘rig‘ida kompleks yechim

  • Og‘riqsizlantiruvchi ta’sir
  • Yallig‘lanishga qarshi ta’sir
  • Tana haroratini tushiruvchi ta’sir
  • Revmatizmga qarshi ta’sir
  • Shishga qarshi ta’sir
About

Yallig‘lanish joyida teri orqali TEZ ** SO‘RILADI

About

Teriga surtilgandan so‘ng BIR NECHA DAQIQADAN KEYINOQ ta’siri boshlanadi¹

About

Qo‘llash uchun qulay:

KUNIGA 2-3 MARTA¹

Where buy Qayerdan sotib olsa boladi