Savollar/Javoblar
Fanigan® fast gelining o‘simlik tarkibiy qismlari – mentol va zig‘ir yog‘I. Mentol salqinlik hissini beradi, og‘riqsizlantiradi. Zig‘ir yog‘I yallig‘lanishga qarshi yengil ta’sirga ega.
Ha, juda. Diklofenak to‘qimalarning yallig‘lanishi va shishini bartaraf etadi, shu bilan shikastlangan bo‘g‘imlar va paylarning tiklanishiga yordam beradi. Metilsalitsilat nafaqat og‘riqsizlantiradi va yallig‘lanishga qarshi kurashadi, balki yallig‘langan to‘qimalarning shishi va infiltratsiyasini kamaytiradi.
O‘simlik komponentlari va yallig‘lanishga qarshi nosteroid vositalar bir-birining ta’sirini kuchaytiradi. Shu tufayli gel ta’sirini surtganingizdan so‘ng bir necha daqiqada sezasiz.
Preparatni 12 yoshdan kichik bolalarda qo‘llashga qarshi ko‘rsatmalar bor. Preparatni qo‘llashga qarshi ko‘rsatmalar: Diklofenak yoki gelning boshqa tarkibiy qismlariga sezgirlikning yuqoriligi; Bronxial astma, eshakemi yoki atsetilsalitsil kislota yoki boshqa nyaqv qabul qilish tufayli o‘tkir rinit. Teri shikastlanishi yoki ochiq jarohatlar; Homiladorlikning oxirgi uch oyligi. Shuningdek, agar davolash boshlangandan keyin alomatlar kuchaygan bo‘lsa yoki o‘smirga 7 kundan ko‘proq dori qo‘llash zarur bo‘lsa, iltimos, shifokor bilan maslahatlashing.
Fanigan® fast gel tarkibida etil spirti yo‘q. Biroq uning yordamchi moddalari orasida propilenglikol, karbomer 940, dinatriy edetat, polisorbat 80, natriy gidroksid va benzil spirti mavjud. Agar sizda allergiya bo‘lsa, bu dori vositasini qo‘llashdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashib olishingiz lozim.